Zidan Diufni ilk bor Fransiya termasiga chaqirganini izohladi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Endi Diufning Millatlar ligasidagi yaqinlashib kelayotgan o‘yinlar uchun milliy jamoaga ilk bor chaqirilgani haqida fikr bildirdi.
«Endi Diufni chaqirish — muhim qaror. U menga juda yoqadi va hozirgi paytda Fransiya terma jamoasi darajasida o‘ynay oladigan futbolchi, deb hisoblayman. Uni himoya chizig‘ida sinab ko‘rmoqchiman», — dedi Zidan.
Fransiyalik yarim himoyachi Kristian Kivu tizimida «Inter»ning asosiy o‘ng qanot himoyachisiga aylanib ulgurdi. U joriy mavsum A Seriyada o‘tkazgan 3 ta o‘yinida 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Diuf Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvda ham yaxshi taassurot qoldirdi.
23 yoshli futbolchi endi klubdagi muvaffaqiyatli o‘yinini terma jamoa darajasida ham davom ettirish imkoniyatiga ega. Fransiya terma jamoasi oldinda Turkiya, Belgiya va Italiyaga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0