Virs: «Men uchrashuvlar taqdirini hal qilishni istayman»
«Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs jamoaga ko‘proq foyda keltirishni istashini aytdi.
«Menimcha, ayrim o‘yinlarda ko‘proq gol urishimiz va ko‘proq ochko jamg‘arishimiz mumkin edi. Men ham o‘z oldimga uchrashuvlar taqdirini hal qilish vazifasini qo‘yganman.
Men va hujum chizig‘idagi boshqa futbolchilar bunday o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlashimiz kerak. Biz buning ustida ishlayapmiz», — deya Virsning so‘zlarini «Liverpul» matbuot xizmati keltirdi.
23 yoshli germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hali gol ura olmadi. Uning hisobida 1 ta golli uzatma bor.
20 sentyabr kuni «Liverpul» Angliya chempionati 5-turi doirasida safarda «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0