Fidbol.net

Munyos «Barselona» va «Real»da o‘ynagani unga nima berganini aytdi

Tahririyat 3
Munyos «Barselona» va «Real»da o‘ynagani unga nima berganini aytdi

Yozda «Osasuna»dan «Liverpul»ga o‘tgan Viktor Munyos faoliyati davomida «Barselona» va «Real» tizimlarida bo‘lgani haqida fikr bildirdi.

23 yoshli ispaniyalik vinger 2014–2017 yillarda «Barselona» akademiyasida tarbiyalangan, 2021 yilda esa prinsipial raqib — Madridning «Real» klubi tizimiga o‘tgan.

Munyosning «Liverpul»ga transferi ortidan «Real» keyingi sotuvdan ulush olish bandi tufayli 20 million yevro daromad qilgan.

«Har ikki klub ham juda ta’sirli. Men ularning har biridan eng yaxshi jihatlarni olish imkoniga ega bo‘ldim.

To‘g‘ri, «Barselona»da juda yosh edim. Ammo u yerda jamoa bo‘lib o‘ynashni o‘rgandim. Akademiyada barcha futbolchilarga singdirishga harakat qilinadigan o‘ziga xos uslub va klub DNKsini ham o‘yinimga qo‘shib oldim.

«Real»da esa o‘yin uslubi boshqacha — ancha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkor. Bu mening xususiyatlarimga juda mos keldi. Har ikki klubda ham bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan minnatdorman», — dedi Munyos.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring