Fidbol.net

Guti Alvaresning «Real»ga o‘tishiga ishonmaydi

Tahririyat 8
Guti Alvaresning «Real»ga o‘tishiga ishonmaydi

«Real»ning sobiq futbolchisi Guti «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, madridliklar uchun argentinalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olish amalda juda qiyin.

«Xulian Alvares Mourinyu uchun yaxshi transfer bo‘lardi. Ammo «Atletiko» Florentino Peresning 150 million yevrolik taklifini allaqachon rad etgan. Shuning uchun bu transfer amalga oshishiga ishonmayman», — deya Gutining so‘zlarini AS nashri DAZN'ga tayanib keltirdi.

20 sentyabr, yakshanba kuni Xulian Alvares «Real»ga qarshi maydonga tushishi mumkin. «Atletiko» La Liga doirasida shahardosh raqibini o‘z maydonida qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring