Fidbol.net

Sarri: «Bu jamoa qurish yili»

Tahririyat 6
Sarri: «Bu jamoa qurish yili»

«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoaning A Seriyadagi mavsum boshiga baho berdi.

Chempionatning dastlabki to‘rt uchrashuvida bergamoliklar ikkita g‘alaba qozondi va ikki marta mag‘lubiyatga uchradi.

«Bu — jamoa qurish yili. Sport direktori ham, klub ham o‘rta muddatli istiqbolda mustahkam maqsadlarga ega bo‘ladigan jamoani shakllantirish haqida gapirmoqda.

«Napoli»da dastlabki to‘rt o‘yindan keyin bizda ikki yoki uch ochko bor edi. «Empoli»da esa to‘qqiz turdan keyin turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgandik, keyin esa pley-off finaligacha yetib bordik.

Mavsumni natija jihatidan yaxshi boshlagan yagona tajribam «Chelsi»da bo‘lgan.

Konferensiyalar ligasiga ham munosib darajada e’tibor qaratish kerak. Bu nufuzli Yevropa musobaqasi va biz unga jiddiylik hamda katta ambisiyalar bilan yondashishni istaymiz», — dedi Sarri.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring