Fidbol.net

«PSJ» darvozaboniga «Barselona»ga qarshi o‘yindan bir kun oldin sud majlisi belgilandi

Tahririyat 7
«PSJ» darvozaboniga «Barselona»ga qarshi o‘yindan bir kun oldin sud majlisi belgilandi

20 oktyabr kuni «PSJ» Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi. Parij klubining rossiyalik darvozaboni Matvey Safonovga esa uchrashuvdan bir kun avval — 19 oktyabr kuni Moskvadagi Xoroshyov tuman sudida sud majlisi belgilangan.

«Match TV» ma’lumotiga ko‘ra, sud majlisi Safonovning sobiq turmush o‘rtog‘iga aliment to‘lashi bilan bog‘liq ish doirasida o‘tkaziladi.

Matvey Safonov «PSJ» safida jami 9 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Uning Parij klubi bilan erishgan eng yirik yutuqlari qatorida Chempionlar ligasidagi ikki g‘alaba bor.

Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uning transferi 20 million yevroni tashkil qilgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring