Fidbol.net

Zidan boshchiligidagi Fransiya ilk bor ochko yo‘qotdi

Tahririyat • • 1
Zidan boshchiligidagi Fransiya ilk bor ochko yo‘qotdi

Fransiya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi 2026/27 yilgi mavsumi guruh bosqichi 3-turida Italiyani mag‘lub eta olmadi. Parijdagi «Stad de Frans» stadionida o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise va Italiya himoyachisi Alessandro Bastoni gol urdi. 85-daqiqada fransuzlar himoyachisi Dayo Upamekano qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Guruh bosqichining navbatdagi turida Fransiya 5 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. Italiya esa shu kuni Turkiya bilan o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring