Olisening vaziyatini ikki klub kuzatmoqda
Tahririyat
•
•
1
"Bavariya" Maykl Olise bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha qiyin muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fransuz futbolchisi maoshining sezilarli darajada oshirilishini kutmoqda, ammo u shartnomasida sotib olish bandini ham talab qilmoqda.
Shu fonda, Sport Bild nashri xabar berishicha, 24 yoshli Olisening vaziyatini ikki klub - "Real Madrid" va "Liverpul" kuzatib bormoqda.
Agar transfer bozorida bunday imkoniyat paydo bo‘lsa, "Real Madrid" va "Liverpul" Oliseni sotib olishga harakat qilishga tayyor ekanligi aniq.
Maykl Olise "Bavariya" safida 114 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 58 ta golli uzatma bergan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0