Fidbol.net

"Portu" o‘z tarkibini "MYU"ning sobiq himoyachisi bilan kuchaytiradi

Tahririyat • • 1
"Portu" o‘z tarkibini "MYU"ning sobiq himoyachisi bilan kuchaytiradi

Portugaliyaning "Portu" klubi angliyalik himoyachi Kris Smolling bilan o‘z tarkibini kuchaytiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv yakunlangan va "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi erkin agent sifatida portugaliya klubiga qo‘shiladi. Smolling hozirda "Portu"da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

36 yoshli Smolling so‘nggi ikki yilni Saudiya Arabistonida "Al-Fayha" safida o‘tkazdi. U 2007-2008 va 2010-2020 yillarda "Manchester Yunayted" a’zosi bo‘lgan va 2020 yildan 2024 yilgacha "Roma"ning to‘liq o‘yinchisi bo‘lgan.

"Portu" hozirda Primeyre Ligasida so‘nggi yetti o‘yinda 21 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring