Fidbol.net

"Ular meni majburlashdi": Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronaldu bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi

Tahririyat • • 3
"Ular meni majburlashdi": Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronaldu bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa sardori Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lgan suhbatini eslab o‘tdi. Avvalroq matbuotda Jezush Ronalduning o‘yin vaqti borasidagi kelishuvlarni buzgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

"Ular (Portugaliya ommaviy axborot vositalari) meni aslida Krishtianu bilan mavjud bo‘lmagan vaziyat haqida gaplashishga majbur qilishdi. Men Krishtianuga: "Portugaliyada bu haqda juda ko‘p gap-so‘zlar bo‘lyapti, lekin men nima bo‘layotganini tushunmayapman", dedim. Muhokama qiladigan hech narsa yo‘q edi.

Krishtianu menga: "Men shu yerdaman va qaror sizniki. Agar mening o‘ynashimni xohlasangiz, o‘ynayman. Agar mening o‘ynashimni xohlamasangiz, o‘ynamayman. Agar mening tribunada o‘tirishimni xohlasangiz, tribunada o‘tiraman", dedi. Biz kechki ovqatdan keyin hamma narsani hal qildik. Hech qanday muammo yo‘q edi", - dedi Jezush The Touchline bilan suhbatda.

Oktyabr oyining birinchi oqshomida Portugaliya Millatlar Ligasida Daniyaga qarshi safarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring