«Real» «Bayer» himoyachisini kelasi yozda sotib olishi mumkin
BILD ma’lumotiga ko‘ra, Madridning «Real» klubi «Bayer» himoyachisi Jarell Kuansani diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ispaniya grandi futbolchini kelasi yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Angliyalik himoyachi Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvda o‘ng qanot himoyachisi sifatida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Chexiyaga qarshi kechagi g‘alabali o‘yinda esa uning o‘rnini «Real» futbolchisi Trent Aleksander-Arnold egalladi.
23 yoshli Kuansa o‘tgan mavsum «Bayer» safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi va asosan markaziy himoyachi sifatida harakat qildi. Joriy mavsumda esa u barcha oltita o‘yinda o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynadi.
«Liverpul»da Kuansani kelasi yozga qadar 70 million yevroga qaytarib sotib olish huquqi mavjud. Shuningdek, futbolchiga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0