Keyn Gordonning «Barselona»ga o‘tishi uni o‘zgartirganini aytdi
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Entoni Gordonning yozda «Barselona»ga o‘tishi unga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam berganini va bu uning hozirgi yuqori formasida aks etayotganini aytdi.
25 yoshli vinger hozirgi xalqaro tanaffusda Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. U Millatlar ligasida Ispaniya va Chexiyaga qarshi ketma-ket ikki o‘yinda gol urdi.
Gordon hali «Barselona» safida gol ura olmagan bo‘lsa-da, joriy mavsum La Ligada 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
«Unga “Barselona”ga o‘tish yordam berdi. Ba’zida shunday katta klubga o‘tish senga o‘zingga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi. Sen o‘zingni eng katta sahnaga munosib his qila boshlaysan. U bu ishonchni Angliya terma jamoasidagi o‘yinlariga ham olib kirdi.
U hal qiluvchi futbolchi bo‘ldi. Doimo oldinga harakat qilishga, jamoani oldinga olib chiqadigan futbolchi bo‘lishga intildi. Uning goli ham ajoyib bo‘ldi. Bunday vaziyatlarni golga aylantirish oson emas, ammo u buni juda yaxshi uddaladi. Ayni paytda u biz uchun juda muhim futbolchi», — dedi Angliya terma jamoasi sardori.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0