«Nottingem Forest» 18 yoshli irlandiyalik iqtidorni o‘z safiga qo‘shib oladi
«Nottingem Forest» «Shemrok Rovers» hujumchisi Maykl Nunan bilan kelishuvga erishganini rasman tasdiqladi.
Yuqori baholanayotgan 18 yoshli futbolchi amaldagi klubi bilan shartnomasi yakunlangach, 2027 yil yanvar oyida Angliya Premyer-ligasi vakili safiga qo‘shiladi.
Nunan 2025 yil fevral oyida Konferensiyalar ligasida gol urgan eng yosh futbolchiga aylanib, tarixga kirgan edi. Shuningdek, u Yevropa musobaqalari tarixida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Nunan Irlandiya U-21 terma jamoasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchi hamdir.
So‘nggi ikki yil davomida Nunanga «Chelsi», «Manchester Siti», «Benfika», «Ayaks», «Xoffenxaym» va «Seltik» kabi klublar qiziqish bildirgan edi. Shu bois «Nottingem Forest»ning uni o‘z safiga qo‘shib olishi klub uchun muhim transfer yutug‘i sifatida baholanmoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0