Kannavaro Suriyaga qarshi o‘yin oldidan tarkibdagi yo‘qotishlarni aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Suriyaga qarshi uchrashuv oldidan jamoaning tayyorgarligi va futbolchilar holati haqida ma’lumot berdi.
Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Eronga qarshi bahs oldidan farqli o‘laroq, bu safar jamoada tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt bo‘lgan. Shu bilan birga, Kannavaro navbatdagi o‘yinda futbolchilardan yanada yuqori sur’at va konsentrasiya kutayotganini aytdi.
Uning fikricha, Eronga qarshi bahsda raqibning darajasi futbolchilar uchun o‘zi katta motivasiya bo‘lgan. Suriyaga qarshi uchrashuvda esa jamoa o‘z o‘yin falsafasiga sodiq qolib, tempni pasaytirmasligi muhim.
Kannavaro tarkibdagi ayrim muammolarga ham to‘xtaldi. Muhammadrasul Abdumajidov muayyan sabablarga ko‘ra ertangi bahsda ishtirok eta olmaydi.
Darvozabon Abduvohid Ne’matovning qo‘lida esa yengil jarohat bor. Bosh murabbiy bu holat jiddiy emasligini, ammo yakuniy qaror shifokorlar xulosasidan keyin qabul qilinishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 1 oktyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 19:00 da boshlanadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0