Kin Rodrining fikriga qo‘shilmadi
«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin «Manchester Siti»ga nisbatan hech qanday rahm-shafqat his qilmayapti va yaqinda oshkor bo‘lgan qoidabuzarliklar uchun klubni qonunning butun qat’iyligi bilan jazolashni talab qilmoqda. Shuningdek, u «Siti»ning sobiq o‘yinchisi Rodrining so‘zlariga ham munosabat bildirdi.
«Vatqi juda keldi. Bu juda uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Men, albatta, Rodri aytgan gaplarga qo‘shilmayman. Bu uning qarori edi, aynan klub g‘irromlik qilish yo‘lini tanladi», — dedi Kin derbyderbyderby.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Rodri «Barselona» sharafini himoya qilmoqda, u o‘tgan yozda Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgach, u yerga ko‘chib o‘tgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0