Fidbol.net

Felish: «Barsa»da o‘ynash mening orzumdagi ish edi»

Tahririyat • • 2
Felish: «Barsa»da o‘ynash mening orzumdagi ish edi»

Portugaliyalik hujumchi Joau Felish kutilgan ishonchni oqlay olmadi, buni mutaxassislar ham tan olishadi — ammo u Kataloniyaning «Barselona» klubida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. U ushbu chiqishlarini o‘z orzusining amalga oshishi deb ataydi.

«Mening haqiqiy orzum «Barselona»da o‘ynash edi — butun oilam shuni xohlagan edi, — ammo, ming afsuski, men u yerda faqat ijara huquqi asosida to‘p surdim va biz hech narsa yuta olmadik. Madridning «Real» klubiga o‘tish imkoniyatini qo‘ldan boy berganimdan aslo afsuslanmayman», — dedi Joau Felish derbyderbyderby.it nashriga.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Ispaniyada Madridning «Atletiko» klubi sharafini ham himoya qilishga ulgurgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring