Karius Bundesligani hayratda qoldirdi
Loris Karius «Shalke» sharafini himoya qilayotgan Bundesligada o‘z faoliyatining yangi uyg‘onish davrini boshdan kechirmoqda. Yaqinda u Myunxenning «Bavariya» klubini to‘xtatib qoldi — Germaniya chempionatidagi 60 ta o‘yindan beri gegemon jamoa ilk bor gol ura olmadi.
Hozirda «Shalke-04»ning asosiy darvozaboni ligada seyvlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda — 23 ta seyv. Bundan tashqari, «Liverpul»ning sobiq golkiperi yana bir, hattoki muhimroq statistik ko‘rsatkich bilan ajralib turibdi. Opta statistik modeliga ko‘ra, nemis klubi 8,6 ta to‘p o‘tkazib yuborishi kerak edi (ko‘zda tutilgan xG), biroq Karius 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Shunday qilib, «Liverpul»ning sobiq darvozaboni shu tariqa o‘ynashda davom etsa, hatto terma jamoadan chaqiruv olishi ham mumkin.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0