Fidbol.net

«Fiorentina» issiq tufayli mashg‘ulot bazasidan voz kechishi mumkin

Tahririyat • • 3
«Fiorentina» issiq tufayli mashg‘ulot bazasidan voz kechishi mumkin

Yevropadagi iqlim o‘zgarishlari futbolga ham ta’sir o‘tkazmoqda — Italiyaning «Fiorentina» klubi o‘zining bosh mashg‘ulot bazasi «Viola Park»dan voz kechishi mumkin. Har yozda futbolchilar issiqlikdan shikoyat qilishadi, bu esa tayyorgarlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Endilikda klub rahbariyati bazani salqinroq joyga — ehtimol, tog‘li hududlarga ko‘chirish haqida o‘ylab qoldi, deb xabar beradi derbyderbyderby.it Italiyaning La Repubblica nashriga tayanib.

Hatto boshqa mamlakatga — Angliya yoki Avstriyaga ko‘chish ehtimoli ham bor. Ammo «Fiorentina»ning bir necha yildan beri mavsumni juda yomon boshlayotgani muammo haqiqatan ham mavjudligini tasdiqlaydi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring