Fidbol.net

Jiru Ibrahimovich bilan ilk uchrashuvini esladi

Tahririyat • • 3
Jiru Ibrahimovich bilan ilk uchrashuvini esladi

«Lill» hujumchisi Olivye Jiru «Milan»da birga to‘p tepgan Zlatan Ibrahimovich bilan ilk uchrashuvini esladi.

«Men “Milan”ga kelganimda u meniyoq “o‘ldirdi”. Avvaliga yaxshi kutib oldi, keyin esa: “Bu yerga kelganing yaxshi, lekin bir narsani bilib qo‘y: bu yerda faqat bitta qirol bor — u ham men”, dedi. U juda kuchli xarakterga ega inson. Bu unutilmas uchrashuv edi», — dedi Jiru.

Jiru «Milan» safida 132 ta uchrashuv o‘tkazib, 49 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2024 yilda u Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan.

Joriy mavsumda 40 yoshli fransuz 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, sobiq «Arsenal» va «Chelsi» futbolchisi ushbu mavsum faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring