Aichi–Nagoya-2026: O‘zbekiston delegasiyasi 11-kunni 9 ta medal bilan yakunladi
Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining 11-kunida O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali qo‘shildi.
Oltin medallarga dzyudo bo‘yicha -52 kg vazn toifasida Sita Qadamboyeva hamda yunon-rum kurashida -67 kg vazn toifasida Aytjan Xalmaxanov sazovor bo‘ldi.
Dzyudochi Abdurahim Nutfullayev (-66 kg) va yunon-rum kurashi vakili Rafael Sitsuashvili (-130 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bronza medallari esa boksda Feruza Kazakova (-51 kg), Sitora Turdibekova (-60 kg) va Shavkatjon Boltayev (-70 kg), dzyudoda Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) hamda yunon-rum kurashida Jalg‘asbay Berdimurodov (-87 kg) hisobiga yozildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida jami 54 ta medal jamg‘ardi: 16 ta oltin, 19 ta kumush va 19 ta bronza.
Umujamoa hisobida O‘zbekiston 4-o‘rinda bormoqda.
OLTIN
— Sita Qadamboyeva
Dzyudo | -52 kg
— Aytjan Xalmaxanov
Yunon-rum kurashi | -67 kg
KUMUSH
— Abdurahim Nuftullayev
Dzyudo | -66 kg
— Rafael Sitsuashvili
Yunon-rum kurashi | -130 kg
BRONZA
— Feruza Kazakova
Boks | -51 kg
— Sitora Turdibekova
Boks | -60 kg
— Shavkatjon Boltayev
Boks | -70 kg
— Samariddin Qo‘chqorov
Dzyudo | -60 kg
— Jalg‘asbay Berdimuratov
Yunon-rum kurashi | -87 kg
Manba: stadion.uz
Izohlar 0