Van Bommel: «Mag‘lub bo‘lish xavfini biror marta his qilmadim»
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 3-turida Turkiya ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Uchrashuv Belgiyaning Lyej shahridagi «Moris Dyufran» stadionida bo‘lib o‘tdi.
«3:0 hisobidagi g‘alabadan juda mamnunman. Vaqti-vaqti bilan to‘pga egalik qilishda xatolarga yo‘l qo‘ydik va shu orqali raqibga xavf tug‘dirishi mumkinligini his qilish imkonini berdik.
O‘yin turli bosqichlarda kechdi va ayrim vaziyatlarda biz nazoratni yetarli darajada ushlab tura olmadik. Raqibni ancha vaqt o‘yinda ushlab turdik, garchi biror marta mag‘lub bo‘lish xavfi borligini his qilmagan bo‘lsam ham», — dedi van Bommel.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0