Fidbol.net

Turkiya ustozi Belgiyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatga izoh berdi

Tahririyat • • 2
Turkiya ustozi Belgiyadan uchralgan yirik mag‘lubiyatga izoh berdi

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 3-turida Belgiyadan 0:3 hisobida uchralgan mag‘lubiyatni izohladi. Uchrashuv Belgiyaning Lyej shahridagi «Moris Dyufran» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Bu teng o‘yin edi. Bunday darajada xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bugun futbolchilarni ayblash qiyin. Bunday o‘yinlar bo‘lib turadi», — dedi Montella.

Uch turdan so‘ng Belgiya terma jamoasi 6 ochko jamg‘arib, 1-guruh turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Turkiya esa hali ochko olmagan va to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring