Yorqin Nazarov: "Biz bitta aniq zarba bergan boʻlsak, raqibning zarba yoʻllaganini eslolmayman"
– Bugungi oʻyin haqidagi taassurotlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz.
– Bugun "Olimpik Mobiuz" jamoasi bilan oʻynadik. Oldindan bilardik, yaxshi jamoa, necha yillik jamoa, chiroyli futbol oʻynaydi. Shuning uchun shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgan edik. Oʻyin 0:0 hisobida yakunlanganiga qaramasdan, menimcha, yaxshi oʻyin boʻldi deb oʻylayman. Gʻalaba bizga ham, ularga ham kerak edi, yakunda durang qayd etildi. Umuman olganda, oʻyindan qoniqdik. Yigitlar koʻrsatmalarni, barcha vazifalarni bajarishdi. Faqat oxirida gol kiritmaganimiz sababli hisob 0:0 boʻldi.
– Adashmasam, jamoa darvoza tomon bitta aniq zarba berdi. Bunday tajribali futbolchilari bor jamoa uchun bu kam emasmi?
– Biz oʻyin davomida koʻplab hujumlar qildik. Buni hali tahlil qilib, koʻrib chiqamiz. Qanotdan uzatmalar ham boʻldi, yomon emas. Yana aytaman, biz bitta aniq zarba bergan boʻlsak, ular ham, menimcha, yo bitta zarba berdi, yoki umuman aniq zarba bergani ham yoʻq. Darvozabonimiz qachon sakrab toʻpni ushlaganini eslay olmayman. Jarima maydonchasiga toʻp uzatishlar paytida ularda ham, bizda ham vaziyatlar boʻldi. Zarbalar kam boʻlgani uchun ham oʻyin 0:0 hisobida yakunlangan boʻlsa kerak.
Izohlar 0