Fidbol.net

Tantashev kechagi oʻyinni qanday boshqardi? "Alyo, ref" tahlili

Tahririyat 3
Tantashev kechagi oʻyinni qanday boshqardi? "Alyo, ref" tahlili

Paragvay - Frantsiya jamoalari bahsini boshqargan hamyurtimiz oʻyindan soʻng tanqidlar yomgʻiri ostida qoldi. Biz esa bu borada "Alyo, ref" telegram kanali muallifi, Championat.asia sayti hakamlar boʻyicha eksperti, "Alyo, ref!" kanali egasi Anatoliy Sinyaev Ilgiz Tantashevning kechagi oʻyinini tahlil qildi.

"Umumiy manzarani olganda, oʻyin omadsiz chiqdi. Toʻgʻri, referi elkama-elka kurashlarga deyarli xushtak chalmadi. Paragvayliklar bundan unumli foydalanib, haddidan oshib ketishdi. Tantashevning yumshoqligi evaziga raqib vakillari maydonda juda koʻp erkinlikka ega boʻlishdi. Janubiy amerikalik futbolchi hatto darvozabonning toʻpni oʻyinga kiritishiga toʻsqinlik qildi. Bunday qoʻpolliklar esa bosh hakamning nigohidan chetda qoldi, oqibatda bir nechta follar belgilanmadi.

Hatto qizil kartochkaga loyiq holatlar uchradi. Okean orti vakillari oʻta tajovuzkor oʻynay boshlashdi. Epizodlarni alohida tahlil qilsak, Paragvayning 3 nafar oʻyinchisini maydondan chetlatish mumkin edi.

Matias Galarsa Mbappening koʻkragiga yaqqol zarba berdi. Oʻsha vaziyatda hech boʻlmasa sariq koʻrsatilishi kerak edi. Agar ushbu daqiqadan boshlab oʻzbekistonlik hakam nazoratni qoʻliga olganida, raqiblar buyogʻiga oʻylab harakat qilardi. Keyingi 2 ehtimoliy chetlatishga loyiq jarayon oʻzbekistonlik referining diqqat markazidan chetda qoldi. Tantashev ancha qattiqqoʻlroq yondashishi lozim edi.

Eng hal qiluvchi palla jarima maydonchasi ichida Duega nisbatan ishlatilgan qoʻpollik boʻldi. Xayriyatki, epizodga VAR aralashdi, keyin Mbappe penaltidan gol urdi. Bu erda yaqqol qoidabuzarlik bor edi, biroq u bunday follarni koʻpincha e'tiborsiz qoldirdi.

Bu oʻzbekistonlik hakamning kuni emasdi. U uchrashuvga notoʻgʻri taktik yondashuvda tushgan va bu umumiy manzaraga salbiy ta'sir qildi. Odatda, bunday oʻyinlardan keyin hakamlar navbatdagi bahslarga tayinlov olmaydi",- deydi Ilya Oblomov.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring