“Mundial Allplay bilan”. Oʻzbekiston MTJ qachon Toshkentga qaytadi?
Koʻpchilikni terma jamoa qachon Toshkentga qaytib kelishi qiziqtirmoqda.
Championat.asia sayti ma'lumotiga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentga bitta reysda qaytmaydi. Bir qator futbolchilar allaqachon Istanbulga uchib ketishgan. Masalan, Oʻtkir Yusupov va Ruslanbek Jiyanov bugun Turkiyada yigʻin oʻtkazayotgan “Navbahor“ safiga borib qoʻshilishadi.
Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullaev, Behruz Karimov, Sherzod Nasrullaev va boshqa bir qancha futbolchilar Atlanta - Nyu-York - Toshkent yoʻnalishi bilan 1 iyul kuni Toshkentga etib kelishlari kutilmoqda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga koʻra, Fabio Kannavaro jamoa bilan Toshkentga kelmaydi.

JCh-2026'ni Allplay'da tomosha qiling — CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul
Promokodni faollashtirish HAVOLASI
Manba: championat.asia
Izohlar 0