Fidbol.net

«Xoffenxaym» Avstriya terma jamoasi vingerini sotib oldi

Tahririyat 3
«Xoffenxaym» Avstriya terma jamoasi vingerini sotib oldi

«Xoffenxaym» Avstriya milliy terma jamoasi vingeri Patrik Vimmerni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vimmerning avvalgi klubi Bundesligani tark etgan «Volfsburg» edi. Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida 25 yoshli futbolchi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Volfsburg» pley-off o‘yinlarida «Paderborn»ga imkoniyatni boy berib, uzoq vaqtdan beri ilk bor Germaniyaning elita divizionidan chiqib ketdi.

«Xoffenxaym» esa yakunda 61 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring