Fidbol.net

Anchelotti Braziliya futbolidagi jiddiy muammoni ko‘rsatdi

Tahririyat 2
Anchelotti Braziliya futbolidagi jiddiy muammoni ko‘rsatdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yosh futbolchilarda o‘yin amaliyoti yetishmayotganidan xavotirda.

Italiyalik mutaxassis misol tariqasida ikki yosh iste’dod — Endrik va Estevao Villianni keltirdi. Har ikki futbolchi ham «Palmeyras»da o‘zini ko‘rsatib, voyaga yetgach darhol Yevropaning top-klublariga — mos ravishda Madridning «Real» va «Chelsi» klublariga yo‘l oldi. Biroq ular yangi jamoalarida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

«Bizningcha, braziliyalik yosh futbolchilarning asosiy muammosi — o‘yin amaliyoti yetishmasligi. Ular maydonga tushmayotgani uchun tajriba orttira olmayapti. Ular na bu yerda, na xorijda yetarlicha o‘ynayapti.

Endrik va Estevaoni misol qilib keltirishning o‘zi kifoya. Ular 18–19 yoshida top-klublarga yo‘l olishdi, ammo hozir maydonga tushmayapti», — dedi Anchelotti. Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Braziliya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi safarda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bahslar 25 va 29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring