Fidbol.net

Gavi tanqidlarga munosabatini bildirdi

Tahririyat 3
Gavi tanqidlarga munosabatini bildirdi

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi o‘ziga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga qanday munosabatda ekanini aytdi.

«Rostini aytsam, tanqid meni unchalik tashvishlantirmaydi. Futbolda men uchun muhim bo‘lgan insonlar — jamoadoshlarim, murabbiylarim va muxlislar. Agar ular rozi bo‘lsa, men ham roziman. Har kim o‘z fikrini bildirish huquqiga ega, bu futbolning bir qismi», — deya Gavining so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

22 yoshli futbolchi sentyabr oyidagi Millatlar ligasi uchrashuvlari uchun Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi. Qator jarohatlardan keyin unga qo‘shimcha dam berishga qaror qilindi.

Yozda yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi. U mundialda atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring