Fidbol.net

Ispaniyalik jurnalist «Real»ning hakamlar haqidagi shikoyatlarini tanqid qildi

Tahririyat 4
Ispaniyalik jurnalist «Real»ning hakamlar haqidagi shikoyatlarini tanqid qildi

Ispaniyada yaqinda bo‘lib o‘tgan Madrid derbisidagi hakamlik mojarosi muhokama qilinmoqda.

Uchrashuv bosh hakami Migel Anxel Ortis Arias birinchi bo‘lim boshida Din Xyoysenni maydondan chetlatdi. Shundan so‘ng o‘yindagi barcha gollar urildi va «Atletiko» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim oxirida esa hakam Federiko Valverde bilan qo‘pol to‘qnashuvga borgan Li Kan Inga hatto sariq kartochka ham ko‘rsatmadi. Keyinchalik ko‘plab tahlillarda janubiy koreyalik futbolchi ham maydondan chetlatilishi kerak edi, degan xulosaga kelindi.

«Real» vakillari hakamlikdan faol norozilik bildirishdi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu hatto matbuot anjumaniga hakam, uning fikricha, «Atletiko» foydasiga qaror chiqargan epizodlar aks etgan skrinshotlarni chop ettirib olib keldi.

«Real»ning muammosi shundaki, ular har safar mag‘lubiyatdan keyin hakamlarni ayblashadi», — dedi ispaniyalik jurnalist Manolo Lama. Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Mourinyu jamoasi La Ligada yetti turdan keyin 15 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring