Mendyeta Gordonga ishonch bildirdi: «Gollar — faqat vaqt masalasi»
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Gaiska Mendyeta klubning yangi o‘yinchisi Entoni Gordon yaqin orada gol ura boshlashiga ishonch bildirdi va uning umumiy o‘yinini yuqori baholadi.
Angliya terma jamoasi a’zosi hozirgacha to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo so‘nggi uchrashuvlarda darvoza oldida o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayotgani sezilmoqda.
«Entoni Gordon debyut o‘yinining o‘zida ikkita golli uzatma berdi. Bu La Liga tarixidagi eng yaxshi natija, demak, u allaqachon rekordlarni yangilayapti. Muxlislar uni yaxshi ko‘radi. Men «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinni sharhladim va u almashtirilganida muxlislar uning ismini hayqirishdi», — dedi Mendyeta.
«Albatta, u juda kuchli raqobatga duch kelmoqda. Ammo menimcha, u yaxshi o‘ynayapti, ayniqsa jamoada Lamin Yamal borligini hisobga olsak.
Bundan tashqari, hozir «Barsa» Rafinya bilan qanday o‘ynayotgani, Gordonga o‘xshash tezkor va to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbol o‘ynaydigan futbolchi uchun Xans-Diter Flik tizimi juda mos. Shu sabab u jamoaga juda tez moslashdi.
Shuning uchun, menimcha, gollar — faqat vaqt masalasi. Albatta, gap o‘yin sifati, golli uzatmalar va gollar haqida ketmoqda. Hozir u asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashda ustun kelmoqda. Raqobat kuchli bo‘ladi, ammo u yaxshi o‘ynayapti», — dedi Mendyeta.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0