«Benfika» bosh murabbiyi tayinlanganidan uch oy o‘tib ketish haqida gapirdi
Tahririyat
•
•
4
«Benfika» bosh murabbiyi Marku Silva Portugaliya chempionatidagi hakamlikdan norozi ekanini bildirdi.
«Chetlatishni izohlamayman. Mavsum oxirigacha bu yerda ishlay olamanmi-yo‘qmi, bilmayman, chunki men boshqa futbol madaniyatida ulg‘ayganman. Afsuski, bu yerda hakamlarga o‘yinlardan oldin ham, uchrashuvlar davomida ham ta’sir o‘tkazish mumkin. Ammo bu mening yo‘lim emas», — deya Silvaning so‘zlarini Record nashri keltirdi.
Marku Silva «Benfika»ni joriy yil yozida qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida jamoa Portugaliya chempionatida yetti turdan keyin 16 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.
«Benfika» peshqadam «Portu»dan besh ochko ortda qolmoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0