«Roma» va «Napoli» A Seriyaning yangi kashfiyoti uchun kurashga tayyorlanmoqda
A Seriya bo‘yicha insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, «Roma» va «Napoli» «Frozinone» vingeri Giorgi Kvernadzening o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Klublar kelajakda uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
23 yoshli gruziyalik vinger «Frozinone» safida mavsumni juda yaxshi boshlab, qisqa vaqt ichida A Seriyaning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi.
Kvernadze barcha musobaqalar doirasida oltita o‘yinda beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U A Seriyada ketma-ket uchta uchrashuvda — «Venesiya», «Jenoa» va «Komo»ga qarshi bahslarda gol urdi.
Shuningdek, Kvernadze dribling va to‘pni oldinga olib chiqish bo‘yicha ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega.
Futbolchining «Frozinone» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyida yakuniga yetadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0