Argentina futbolchilari Skalonining terma jamoada qolishini istamoqda
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining shartnoma muddati yakuniga yetib bormoqda.
Avvalroq argentinalik mutaxassis nima sababdan milliy jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni istamayotgani haqida xabar berilgan edi.
Biroq AOL ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa futbolchilari Skalonining qolishiga umid qilmoqda. Jumladan, yosh iste’dod Nikolas Pas murabbiy bilan ishlashni davom ettirish istagini bildirdi.
«U menga Argentina terma jamoasida debyut qilish imkoniyatini berdi va men uning qolishiga umid qilaman», — dedi Pas.
Tajribali himoyachi Kristian Romero ham bu masalada o‘z fikrini bildirdi:
«Biz uning qolishiga umid qilamiz. U milliy jamoa uchun juda muhim shaxs», — dedi Romero.
Bu fikrni Leonardo Balerdi va Janluka Prestianni kabi boshqa argentinalik futbolchilar ham qo‘llab-quvvatladi. Har ikki futbolchi ham 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0