«PSJ», «Atletiko», «Inter» va «Benfika» fransuz hujumchisi transferini ko‘rib chiqmoqda
Tahririyat
•
•
9
«Renn» hujumchisi Esteban Lepol bir qator Yevropa top-klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi uchun «PSJ», «Atletiko», «Inter» va «Benfika» klublari kurash olib borishi mumkin.
«Renn» esa hujumchini sotish orqali 50–60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsum Fransiya chempionatida Lepol beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.
Hujumchining «Renn» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0