Umtiti: "Futbolchilar jamoaviy natijalar emas, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish haqida ko‘proq o‘ylaydigan bo‘lib qolishdi"
Tahririyat
•
•
1
Fransiya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Samyuel Umtiti «Oltin to‘p» mukofoti haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Oltin to‘p» marosimi o‘z mazmunini yo‘qotdi. Hozir bu mukofot futbolga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Axir futbol — jamoaviy sport turi. Biroq futbolchilar jamoaviy natijalar emas, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish haqida ko‘proq o‘ylaydigan bo‘lib qolishdi.
Messi va Ronaldu davri yakunlanganidan keyin bu mukofot men uchun qiziq bo‘lmay qoldi», — deya fransuz futbolchisining so‘zlarini RMC Sport keltirgan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0