Kvarasxeliya «Oltin to‘p» uchun imkoniyatlari haqida gapirdi
Tahririyat
•
•
5
«PSJ»ning qanot hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Gruziyalik futbolchiga ushbu nufuzli individual sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida savol berildi.
«Bu menga emas, ovoz beruvchilarga bog‘liq. Futbol yulduzlari qatorida bo‘lishning o‘zi men uchun katta mamnuniyat», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini L’Equipe keltiradi.
25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum «PSJ» safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0