Karesasning sog‘lig‘i bo‘yicha yangi ma’lumot paydo bo‘ldi
«Borussiya» — «Vilyarreal» uchrashuvida hujumkor yarim himoyachi Konstantinos Karesas kutilmaganda almashtirishni so‘radi. Gresiya terma jamoasi futbolchisi jarohat olmagan bo‘lsa-da, maydondan zambilda olib chiqildi.
Dastlab «Borussiya» Karesasda qon aylanishi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganini ma’lum qilgan edi.
HLN xabariga ko‘ra, keyinchalik futbolchi tahlillar topshirgan va natijalar unda suvsizlanish holati kuzatilganini ko‘rsatgan. Ayni paytda Karesasning ahvoli yaxshi va xavotirga o‘rin yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Endi dortmundliklar Bundesliga doirasida «Paderborn»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘radi. Bahs 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0