Karrager: «Xoland 1000 ta gol urmasligini tasavvur qila olmayman»
«Liverpul» va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning sermahsulligi haqida fikr bildirdi.
Norvegiyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Portu»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va «Manchester Siti»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
«Xoland 1000 ta gol urmasligi yoki barcha davrlarning eng yaxshi to‘purariga aylanmasligini tasavvur qila olmayman. Natijadorlik va statistika borasida hech qachon bunday futbolchini ko‘rmaganman.
Bu deyarli har bir o‘yinda takrorlanadi. Ammo u buni muntazam ravishda amalga oshirayotgani uchun endi bu qandaydir favqulodda holatdek ham ko‘rinmay qoldi.
U hozirgina Chempionlar ligasining safar o‘yinida ikkita gol urdi. Agar buni boshqa har qanday hujumchi qilganida, bu juda katta voqea sifatida baholanardi. Xolandda esa bunday natija oddiy holatdek qabul qilinmoqda.
Men uning yakunda tarixdagi eng buyuk to‘purarga aylanishi va o‘zigacha bo‘lgan barcha futbolchilardan ko‘proq gol urishidan boshqa ssenariyni ko‘rmayapman», — dedi Karrager CBS Sports efirida.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0