Fidbol.net

Grossoning iste’fosi ortida faqat natijalar emas

Tahririyat 6
Grossoning iste’fosi ortida faqat natijalar emas

«Fiorentina» Fabio Grossoga nisbatan intizomiy chora ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu jarayon mutaxassisning «jiddiy sabab» asosida ishdan bo‘shatilishiga olib kelishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, bosh murabbiy ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan ozod etilgan, ammo bu qarorga faqat qoniqarsiz natijalar sabab bo‘lmagan bo‘lishi mumkin.

Klub rahbariyati dastlab Grossoni kamida terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusgacha lavozimida qoldirishni rejalashtirgan. Biroq yakshanba kuni vaziyat keskin o‘zgargan.

Manbaga ko‘ra, Grosso jamoada ishlashni davom ettirish maqsadga muvofiq ekaniga jiddiy shubha bildirgan. U sport direktori Fabio Paratichiga tarkib va futbolchilar bilan o‘zaro tushunish yo‘qligi borasidagi xavotirlarini aytgan hamda bu jamoani boshqa murabbiylik qila olmasligini bildirgan. Shuningdek, u dushanba kuniga belgilangan mashg‘ulotga kelmasligi mumkinligiga ham ishora qilgan.

Shunga qaramay, Grosso o‘z xohishi bilan iste’foga chiqmagan va klub qarorini kutib turgan. Oqibatda o‘sha kuni kechqurun u lavozimidan ozod etilgan.

Endilikda «Fiorentina»da Grossoga nisbatan rasmiy yuridik jarayon boshlash yoki boshlamaslikni hal qilish uchun bir necha kun bor. Klub mutaxassis shartnoma majburiyatlari yoki ichki qoidalarni buzgan, deb hisoblash uchun yetarli asosga egami-yo‘qmi, shu masala aniqlanishi kerak.

Grosso Italiya klubini iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. Yozgi transferlar davrida «Fiorentina» yangi futbolchilar uchun 150 million yevro sarflagan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring