Fidbol.net

UEFA 2028 va 2029 yillardagi yevrokuboklar finallari o‘tkaziladigan stadionlarni tasdiqladi

Tahririyat 7
UEFA 2028 va 2029 yillardagi yevrokuboklar finallari o‘tkaziladigan stadionlarni tasdiqladi

UEFA 2028 va 2029 yillarda Yevropaning asosiy klub musobaqalari finallari o‘tkaziladigan arenalarni tasdiqladi.

2028 yilgi Chempionlar ligasi finali Myunxendagi «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadi. Bir yildan keyin esa hal qiluvchi bahs Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida tashkil etiladi. Kataloniya stadioni 1999 yildan buyon ilk bor Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladi. O‘sha yili «Manchester Yunayted» qo‘shimcha vaqtda urilgan ikki gol evaziga «Bavariya» ustidan g‘alaba qozongan edi.

Myunxendagi arena qisqa vaqt ichida ikkinchi marta Chempionlar ligasi finalini qabul qiladi. 2025 yil may oyida aynan shu stadionda «PSJ» «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

Shuningdek, UEFA quyidagi yevrokubok finallari o‘tkaziladigan joylarni ham tasdiqladi:

- Chempionlar ligasi: Myunxen — 2028 yil, Barselona — 2029 yil;
- Yevropa ligasi: Buxarest — 2028 yil, Belgrad — 2029 yil;
- Konferensiyalar ligasi: Turin — 2028 yil, Budapesht — 2029 yil;
- UEFA Superkubogi: Amsterdam — 2027 yil, Ostona — 2028 yil;
- Ayollar Chempionlar ligasi: Lion — 2028 yil, Kardiff — 2029 yil.

Navbatdagi Chempionlar ligasi finali 2027 yil iyun oyida Madriddagi «Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi. Mazkur arena «Atletiko» klubining uy stadioni hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring