Amorim nega "Milan"ni boshqarishga rozi bo‘lganini aytdi
Tahririyat
•
•
2
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim nima sababdan rejasini o‘zgartirib, italyan klubini boshqarishga rozi bo‘lganini tushuntirdi.
Portugaliyalik mutaxassis "Benfika"ga qarshi Yevropa ligasi uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aslida murabbiylik faoliyatiga tez orada qaytishni rejalashtirmaganini aytdi.
"Men murabbiylikka qaytish niyatida emasdim. Tanaffus qilib, bir yilni oilamga bag‘ishlashga qaror qilgandim. Bu haqda o‘zimga to‘rt yil avval va’da bergan edim.
Men uchun hammasi aniq edi — to "Milan"dan qo‘ng‘iroq bo‘lguniga qadar. Klub egalari bilan gaplashdim va ular meni kutganimdan ertaroq murabbiylikka qaytishga ko‘ndirishdi", — dedi Amorim.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0