"MYU" zo‘r murabbiyni jamoaga olib kelishi mumkin
Tahririyat
•
•
3
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Agar Maykl Kerrik qoniqarli natijalar qayd eta olmasa, "qizil iblislar" rahbariyati uning o‘rniga Konteni tayinlash variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Ayni paytda Antonio Konte klubsiz.
Shu bilan birga, hozircha "Manchester Yunayted" Kerrikni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Biroq jamoaning keyingi natijalariga qarab vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0