Fidbol.net

Rasman: "Lans" Dino Toppmyoller bilan shartnomani bekor qildi

Tahririyat 2
Rasman: "Lans" Dino Toppmyoller bilan shartnomani bekor qildi

"Lans" Dino Toppmyoller bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilinganini rasman e’lon qildi.

"Jamoa hayoti, ish jarayoni va murabbiylar shtabi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab muhokamalardan so‘ng klub bosh murabbiyga shtabni qayta tashkil etish niyati haqida ma’lum qildi.

Dino Toppmyoller ushbu tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlay olmagani sabab, klub mas’uliyat bilan yondashgan holda u va uning ikki nafar yordamchisi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi", — deyiladi klub bayonotida.

Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis shartnomada ko‘zda tutilgan tovon to‘lovlarining salmoqli qismidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan.

45 yoshli Toppmyoller boshchiligida "Lans" Fransiya chempionatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ochko jamg‘ardi.

Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasida "Slaviya"ni mag‘lub etgan, Fransiya Superkubogi uchun bahsda esa "PSJ" ustidan g‘alaba qozongan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring