Pedri "Barselona" transferiga qarshi chiqdi
So‘nggi kunlarda "Barselona" "PSJ" yarim himoyachisi Fabian Ruis bilan bog‘lanmoqda. Avvalroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 30 yoshli futbolchining transferini ma’qullagani va Ruisning o‘zi ham Ispaniyaga qaytishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq "Barselona" yarim himoyachisi Pedri Fabian Ruisning jamoaga qo‘shilishiga qarshi chiqqan. Bu haqda El Nacional nashri Le Parisien'ga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Pedri va Ruis o‘rtasida o‘zaro tushunish yuqori darajada emas. Ispaniya terma jamoasida ham aynan Fabian Ruisning asosiy tarkibdagi o‘rni mustahkamlanishi Pedrining roli kamayishiga sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Fabian Ruisning transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 30 million yevro atrofida baholanmoqda.
30 yoshli yarim himoyachi yaqinda "PSJ" bilan shartnomasini 2028 yilning yoziga qadar uzaytirgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0