«Trabzonspor» Salohning o‘tishi bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qildi
Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Misrlik futbolchi bilan Turkiyaning «Trabzonspor» klubi muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida rasman xabar berdi.
Avvalroq «Trabzonspor» prezidenti Ertug‘rul Dog‘an Salohning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarga izoh beraturib, biror bir kelishuvga erishilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etgan, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha yangiliklar paydo bo‘lishi bilan matbuot va muxlislarga xabar berishni va’da qilgan edi.
Ilgariroq Turkiya OAVlari misrlik futbolchi «Trabzonspor» bilan ikki yillik shartnomani kelishib olgani haqida xabar bergan edi. Saloh shu yozda «Liverpul»ni erkin agent maqomida tark etdi. Hujumchi so‘nggi to‘qqiz mavsum davomida inglizlar sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0