Fidbol.net

Totti nega futboldan basketbolga o‘tganini tushuntirdi

Tahririyat 4
Totti nega futboldan basketbolga o‘tganini tushuntirdi

«Roma» va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Franchesko Totti basketbol sohasida ish boshlashga nega rozi bo‘lganini tushuntirdi.

Avvalroq 49 yoshli italiyalik «Roma Maksima» basketbol loyihasiga maslahatchi sifatida qo‘shilgani ma’lum bo‘lgan edi.

«Menga yangi rag‘bat va yangi chaqiriq kerak edi. O‘yin ichida qolish istagini his qildim. Menga taklif qilingan rol va, eng muhimi, loyihaning o‘zi meni darhol ishontirdi. Ushbu loyihaning faol ishtirokchisi bo‘lishdan juda xursandman va bildirilgan ishonch uchun jamoaga minnatdorlik bildiraman.

Birinchi navbatdagi vazifa — kuchli jamoa qurish, tarkibni mustahkamlash va Italiya ligasining eng yaxshi jamoalaridan biriga aylanish uchun barcha sharoitlarni yaratish. Keyin esa Yevropa va undan ham yuqori maqsadlar haqida o‘ylaymiz.

Ambisiya juda muhim, ammo uzoq muddat saqlanib qoladigan loyiha yaratish istagi undan ham muhimroq. Biz Rim va rimliklarga ular qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘zini unga daxldor his qiladigan va faxrlanadigan basketbol jamoasini taqdim etmoqchimiz», — dedi Totti.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring