Fidbol.net

«Xall» «Union» hujumchisi Ilyas Ansaxni transfer qildi

Tahririyat 6
«Xall» «Union» hujumchisi Ilyas Ansaxni transfer qildi

Ilyas Ansax «Xall» futbolchisiga aylandi.

Angliya klubi 21 yoshli hujumchining «Union»dan transferini e’lon qildi. Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu «yo‘lbarslar»ning yozdagi 13-transferi bo‘ldi.

Kicker ma’lumotiga ko‘ra, berlinliklar 21 million yevro oladi: 17 million yevro darhol to‘lanadi, yana 4 million yevro esa angliyaliklar tomonidan keyingi to‘lovlar orqali o‘tkaziladi. Bu «Union» tarixidagi eng qimmat sotuv bo‘ldi. Avvalgi rekord 2022 yilda Tayvo Avoniyining «Nottingem Forest»ga 20,5 million yevro evaziga transferidan so‘ng o‘rnatilgan edi.

Ansax o‘tgan mavsumda Bundesligada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring