«Roma» Gittensni «Chelsi»dan ijaraga olishi mumkin
Tahririyat
•
•
3
«Roma» Jeymi Gittensni «Chelsi»dan ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
22 yoshli vinger Italiya klubiga o‘tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.
O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi London klubi safida APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. U har bir uchrashuvda o‘rtacha 30 daqiqa maydonda harakat qildi.
«Chelsi» Gittensni 2025 yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan 56 million yevro evaziga sotib olgan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0