Fidbol.net

«Bavariya» Ibragimovichni «Augsburg»ga ijaraga beradi

Tahririyat 37
«Bavariya» Ibragimovichni «Augsburg»ga ijaraga beradi

Ariyon Ibragimovich «Bavariya»dan «Augsburg»ga o‘tadi.

Klublar 20 yoshli vingerning 500 ming yevro evaziga ijaraga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitimda futbolchini 8 million yevroga sotib olish imkoniyati ham bor. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Myunxenliklar futbolchining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning ma’lum bir foizini olishi mumkin.

Ibragimovich 2025/26 yilgi mavsumni «Xaydenxaym»da ijara asosida o‘tkazdi. Ariyon Bundesligada 32 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring