Levandovski: «Mourinyo bilan «Real» ancha kuchaydi»
«Chikago Fayr» hujumchisi Robert Levandovski Joze Mourinyu boshchiligidagi yangi «Real» joriy mavsum uning sobiq jamoasi «Barselona» uchun jiddiy raqib bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Polyak futbolchining fikricha, Madrid klubi yangi transferlar va Mourinyuning kelishi hisobiga ancha kuchaygan.
«Hozir «Real» yangi futbolchilar va Joze Mourinyu bilan yanada kuchli. Mening his qilishimcha, ikki yil davomida hech narsa yutmaganidan keyin ularning ruhiyati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavsumda ular juda kuchli bo‘lishi mumkin. Ammo men har doim «Barselona» tarafdaman», — dedi Levandovski.
Ispaniyaning ikki grandi joriy mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. «Real» ham, «Barselona» ham La Liganing dastlabki uchta uchrashuvida g‘alaba qozonib, maksimal ochko jamg‘argan.
Levandovskining fikricha, Mourinyuning qaytishi va tarkibdagi yangilanishlar Madrid klubini yana chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylantirgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0